AsosiyDunyo

Evropa diplomatlari urush bo`lmasligiga umid qilmoqda

'Evropa diplomatlari urush bo`lmasligiga umid qilmoqda'ning rasmi

Ukraina atrofidagi inqiroz Evropa diplomatlari Bryusseldagi uchrashuvining asosiy mavzusi bo`ldi. Bu haqda Euronews yozmoqda.

Qayd etilishicha, Evropa Ittifoqiga a`zo davlatlarning tashqi ishlar vazirlari mojaroni yumshatish uchun qo`ldan kelgan barcha ishni qilishga, aniq kelishuvga erishish tinimsiz muzokaralar o`tkazishga tayyor ekanliklarini bildirishgan. Uchrashuvda Rossiyaga qarshi sanksiyalar muhokama qilinmagan.

Evropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo`yicha Oliy vakili Jozep Borrel quyidagi izoh berdi: 

"Agar vaqti kelsa, men Evropa Kengashining navbatdan tashqari yig`ilishini chaqiraman, chunki sanksiyalar uning vakolatidir. Mening iltimosim bo`yicha, kengash qaror qiladi. Agar vaqti kelsa, bunday qadamga tayyormiz, lekin biz bu sodir bo`lmasligiga ishonch hosil qilish uchun harakat qilamiz",-deydi u.

Daniya tashqi ishlar vaziri Yeppe Kofod ham diplomatik yo`l tutishni so`ramoqda: 

"Biz bu juda jiddiy vaziyat ekanligini aniq bilamiz, lekin urush bo`lmaydi degan umidda ishlayapmiz. Har qanday holatga tayyor bo`lishimiz kerak, aslida. Eng yomoni, Putin bu diplomatiyalarga e`tibor qilmay harakat qilishi",-deydi Kofod.

    Boshqa yangiliklar