AsosiyJinoyat

Qashqadaryoda er maydonini sotish bilan bog`liq firibgarlik holati fosh etildi

'Qashqadaryoda er maydonini sotish bilan bog`liq firibgarlik holati fosh etildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan IIB bilan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Qarshi tumanida yashovchi fuqaro X.E. boshqa bir fuqaro U.ning ishonchiga kirib, unga 40 mln so`m evaziga Qarshi tuman hokimligi zaxirasidan 12 sotix er maydonini hujjatlashtirib olib berishni va`da qilib, oldindan 5 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar