“Uzbekistan Airports” AJning “Qarshi” aeroportida odamlar tirbandligi bo`yicha rasmiy bayonot berdi.
Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 22 fevral kuni erta tongdan Rossiyaning Red Wings aviakompaniyasining Qarshi – Moskva (Domodedovo aeroporti) yo`nalishi bo`yicha parvoz qilish niyatida yo`lovchilar Qarshi xalqaro aeroportiga kela boshlagan. Mahalliy vaqt bilan soat 08:00 ga kelib, aeroportga 150 ga yaqin odam to`plangan.
Biroq bu reys Qarshi aeroporti jadvalida bo`lmagan. WZ-4492 reysi Navoiy aeroportidan bugun soat 15:00 da uchishi kerak. Shu bilan birga, Easy Booking va Atlas Avia tour onlayn xizmatlarida xarid qilingan chiptalarda jo`nab ketish Qarshi shahridan soat 08.00da etib ko`rsatilgan.
Qarshi aeroportining tushuntirishicha, ba`zi aviakassalar bir shahardagi yo`lovchilar tanqisligini boshqa shaharga sotish yo`li bilan qoplaydi va yo`lovchilarga jo`nash shahri haqida ataylab noto`g`ri ma`lumot beradi. Ammo shu bilan birga, amalga oshiruvchilar transferni tashkil etishga majburdirlar. Bunda Qarshidan Navoiyga o`tish tashkil etilmagan. Yo`lovchilar qo`shni shaharga o`z hisobidan shaxsiy taksilarda borishga majbur bo`lgan.
“Navoiy” aeroportida ma`lum qilinishicha, terminalga WZ-4492 reysi yo`lovchilari kela boshladi. Parvoz uchun ro`yxatdan o`tish mahalliy vaqt bilan soat 12:00da boshlangan.
Jamiyat xabariga ko`ra, “Uzbekistan Airports” AJ aviachiptalarni sotish jarayoniga mas`ul emas.






