2022 yilning 20 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar Toshkent shahar qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan o`rganildi va quyidagilarni ma`lum qilmoqda.
Toshkent shahar Yashnobod tumani Ohangrabo ko`chasida joylashgan ko`p qavatli turar joy binosining qurilish ishlari ( ijtimoiy tarmoqda surati namuna sifatida ko`rsatilgan) buyurtmachi tashkilot “SULTON HOUSE GROUP” MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Shuni ta`kidlaymizki, mazkur qurilish tashkiloti O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qaroriga asosan Toshkent shahar qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan tegishli tartibda ro`yxatdan o`tmagan. Shu bois inspeksiya tomonidan ushbu tashkilotga 2021-yilda 359-sonli yozma ko`rsatma berilgan va mazkur talablarni o`z vaqtida bajarilmaganligi sababli ushbu ob`ektda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirayotgan buyurtmachi tashkilot “SULTON HOUSE GROUP” MChJning mansabdor shaxslariga nisbatan MJTKning 99-moddasi 7-qismi bilan choralar ko`rilgan.
O`z ishida mas`uliyasizlikka yo`l qo`yishda davom etib kelayotgan tashkilot rahbarlariga quruvchilar xavfsizligini ta`minlash borasida tushuntirish ishlari olib borilib, avvalo, obektning noqonuniy qurilish bo`lgani sababli qurilish-montaj ishlari to`xtatilgan.






