«O`zgidrtomet» 23—25 fevral kunlari kutilayotgan kuchli yomg`irlar sabab shoshilinch axborot e`lon qildi.
Qayd etilishicha, shu kunlari yomg`ir yog`ishi sababli respublikaning tog`oldi va tog`li hududlarida, jumladan:
Qayd etilishicha, shu kunlari yomg`ir yog`ishi sababli respublikaning tog`oldi va tog`li hududlarida, jumladan:
— Qashqadaryo viloyati: Yakkabog`, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G`uzor, Koson tumanlarida;
— Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G`allorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod, Zafarabod tumanlarida;
— Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho`rchi, Qumqorg`on tumanlarida;
— Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung`ur, Nurobod, Qo`shrabot, Kattago`rg`on tumanlarida sel kelishi xavfi e`lon qilindi.
«Tog`oldi va tog`li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolardan, dam oluvchilardan hamda tog`li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko`rishlarini so`raymiz», — deyiladi xabarda.






