Adliya vazirligi va O`zbekiston telekanali tomonidan o`zaro hamkorlikda "YuRIDIK KLINIKA" ko`rsatuvi yo`lga qo`yildi. Bu haqda Adliya vazirligining Matbuot kotibi Sevara O`rinboeva ma`lum qildi:
Muammoingiz bormi murojaat qiling!
Maslahat beramiz, echim topamiz, ko`mak beramiz.
Adliya vazirligidan yana bir loyiha.
Adliya vazirligi va O`zbekiston telekanali tomonidan o`zaro hamkorlikda "YuRIDIK KLINIKA" ko`rsatuvi yo`lga qo`yildi.
Ko`rsatuv maqsadi: fuqarolarning o`zlarini qiynayotgan turli masalalar bo`yicha qonuniy maslahat, echim va ko`mak berishdan iborat.
Ko`rsatuvning birinchi soni ertaga, 23 fevral kuni soat 12:00 da "O`zbekiston" telekanalida jonli efir orqali bo`lib o`tadi.
Mavzu: Huquqiy nigilizm, huquqiy madaniyat va huquqiy savodxonlik.
Mavzu yuzasidan o`z savollaringizni “@yuridiklinikabot”ga qoldirishingiz mumkin.
Jonli efir vaqtida o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga egasiz.






