Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Muborak tumani kadastr filialida fuqarolar murojaatlarini o`z vaqtida o`rganib chiqish va hal etish yuzasidan qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Bu haqda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Filialning murojaatlar bilan ishlashga mas`ul bosh mutaxassisi Qunduz Xusainova bergan ma`lumotiga ko`ra, o`tgan 2021 yilda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Muborak tumani filialiga yuridik va jismoniy shaxslardan jami 683 ta murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlarning 598 tasi ijobiy hal etilgan.
Jumladan, tumandagi "Geolog" MFY da yashovchi fuqaroning murojaati kadastr xodimari tomonidan berilgan huquqiy maslahatdan so`ng ijobiiy hal etildi.
Fuqaro Abdulvosit Boymatov "Geolog" MFY hududidan savdo do`koni qurib tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun er maydoni so`rab murojaat qilgan edi.
Murojaatchiga tadbirkorlik uchun er uchastkasi ajratilishi faqatgina E-IJRO AUKSION" yagona savdo maydonchasida elektron ausion orqali amalga oshirilishi hamda u so`ragan 140 kv.m er maydoni "ERELEKTRON" axborot almashuv tizimiga quyilib taklifi berilgani va ushbu er maydoniga nisbatan tegishli tashkilotlarning ijobiy xulosasi berilganligi, er uchastkasini elektron auksionda qatnashish orqali yutib olishi mumkinligi tushuntirildi deydi filial rahbari Jovlon Otamurodov.
Davlat xizmatlari markazidan elektron kalit olib, "E-IJRO AUKSION" yagona savdo maydonchasidagi tadbirkorlik uchun qo`yilgan er uchastkalarini kuzatib borgan murojaatchi tadbirkorlik uchun so`ragan er maydonini auksionda ishtirok etish orqali yutib oldi.