Xujjat “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to`g`risida”gi Prezident qarorga muvofiq tasdiqlandi.
Qarorga muvofiq, O`zbekiston hamda Pokiston Hukumatlari o`rtasida tranzit savdosi to`g`risidagi bitim (2021 yil 15 iyulda Toshkent shahrida imzolangan) tasdiqlandi.
Investisiya va tashqi savdo vazirligi, Transport vazirligi va Davlat bojxona qo`mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas`ul vakolatli organlar etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O`zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta`minlaydi.






