AsosiyJamiyat

Germaniyada ishlash istagida bo`lganlarga ajoyib yangilik e`lon qilindi

'Germaniyada ishlash istagida bo`lganlarga ajoyib yangilik e`lon qilindi'ning rasmi

Endi siz mehmonxona, gastronomik turizm va ko`ngilochar istirohat bog`larida ishlashingiz mumkin, agar...

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Germaniyadagi hamkor tashkilot bilan hamkorlikda mehmonxona, gastronomik turizm va ko`ngilochar istirohat bog`laridagi bo`sh ish o`rinlarini taklif qilmoqda.

Ish turi:

1) Mehmonxonada yordamchi;

2) Restoran xizmatchisi;

3) Ko`ngilochar istirohat bog`larida (attraksionlarda) yordamchi.

Ta`kidlanishicha, fuqarolar ish beruvchi tomonidan tanlov asosida yuqoridagi bo`sh ish o`rinlariga tanlab olinadi.

 Oylik maoshi - 1800-2400 evro (brutto).

"Ishchilarga o`z tanlovlariga ko`ra yashash joyi taklif qilinadi",-deyiladi xabarda.

 Nomzodlar uchun talablar quyidagicha:

  •  22-35 yosh;
  •  Nemis filologiyasi, turizm va gastronomiya yo`nalishidagi diplom;
  • Gyote institutining B1 darajasidagi nemis tilini bilish sertifikati (ingliz tili qo`shimcha);
  • sudlanmagan bo`lishi lozim.

 

Dasturda ishtirok etish uchun ro`yxatdan o`tish

 Quyidagi hujjatlarni yuklash lozim:

a) xorijga chiqish pasporti;

b) o`rta-maxsus ta`lim diplomi;

s) nemis tilidan B1 sertifikati;

d) to`ldirilgan tarjimai hol (anketa nemis tilida).

 Murojaat uchun: (71) 202-33-55.

    Boshqa yangiliklar