Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning G`uzor tuman bo`limi tomonidan tergovga qadar teeshiruv o`tkazildi.
Unda, fuqarolar P.E. va boshqalar oldindan til biriktirib, “G.Q.” MChJga qarashli “Qashqadaryo” daryosi o`zanida joylashgan er maydonidan 17,4 ming m3 qum-shag`al aralashmasini o`zboshimchalik bilan qazib olganliklari natijasida, davlat va jamiyat manfaatlariga 322,1 mln so`m zarar etkazilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (o`zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






