AsosiyDunyo

Belarusdagi referendumning dastlabki natijalari e`lon qilindi

'Belarusdagi referendumning dastlabki natijalari e`lon qilindi'ning rasmi

Belarus Markaziy saylov komissiyasi (MSK) konstitusiyani o`zgartirish bo`yicha referendumning dastlabki natijalarini e`lon qildi. Bu haqda «Deutsche Welle» xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Lukashenko 20 yanvar kuni konstitusiyaga o`zgartirishlar kiritish bo`yicha 27 fevral kuni referendum o`tkazish to`g`risidagi farmonni imzolagan. Referendum mahalliy vaqt bilan soat 08:00 da boshlangan. Belgilanishicha, Belarus Markaziy saylov komissiyasi referendumni tashkil etish, uning natijalarining qonuniyligini ta`minlash va referendum to`g`risidagi qonunlarning bajarilishini nazorat qilish uchun javobgardir.

Komissiyaning ma`lum qilishicha, saylovchilarning 65 foizga yaqini mamlakat konstitusiyasini o`zgartirishni yoqlab, 10 foizi qarshi ovoz bergan.

Saylov komissiyasi ma`lumotlariga ko`ra, referendumda ovoz berish huquqiga ega fuqarolarning 78 foizdan sal ko`prog`i ishtirok etgan. Referendum haqiqiy bo`lishi uchun esa saylovchilarning kamida 50 foizi ishtirok etishi talab etiladi.

    Boshqa yangiliklar