AsosiyJamiyat

39 mingga yaqin xotin-qizlar oilada eri, qaynonasi, kelini tomonidan zo`ravonlikka uchradi

'39 mingga yaqin xotin-qizlar oilada eri, qaynonasi, kelini tomonidan zo`ravonlikka uchradi'ning rasmi

Davlatimiz rahbari sohadagi muammoli masalalarni ham sanab o`tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xususan, “Ayollar daftari”da 630 mingdan ziyod xotin-qizlar ro`yxatda turibdi, ulardan 200 ming nafari ishsiz hisoblanadi.

2021 yilda ishsiz ayollar o`rtasida jinoyatchilik 1,7 baravarga, 18-30 yoshdagi xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar esa 2 baravarga ko`paygan.

Bulardan tashqari, oilada ayollarni xo`rlash, ularga zo`ravonlik qilish va tazyiq o`tkazish holatlari hali mavjud.

O`tgan 2021 yilda 39 mingga yaqin xotin-qizlar oilada eri, qaynonasi, kelini tomonidan zo`ravonlik bo`layotgani haqida profilaktika inspektorlariga murojaat qilgan. Bu raqamlar 2020 yilga nisbatan 2,5 baravar ko`p.

"Afsuski, bu muammolarni hal etishda mahalla faollari, jamoatchiligimiz va nuroniylarimizning o`rni va ta`siri ham sezilmayapti.

Bir narsani aniq tushunishimiz kerak. Ham, oila, ham bola tarbiyasi bilan shug`ullanish bilan birga, o`qish, ish yoki tadbirkorlikni olib borish katta matonat talab qiladi", dedi Prezident.

    Boshqa yangiliklar