AsosiySiyosat

Prezident “Oqila ayollar” harakatini tashkil qilishni taklif etdi

'Prezident “Oqila ayollar” harakatini tashkil qilishni taklif etdi'ning rasmi

Davlatimiz rahbari yig`ilish mobaynida mavzuni davom ettirib, obro`-e`tiborli, katta hayotiy tajribaga ega “Oqila ayollar” harakatini tashkil qilishni taklif etdi.

"Bu harakat tom ma`noda “mahallaning vijdoni”ga aylanishi kerak. Chunki, ma`rifatli jamiyatni ma`rifatli onalarsiz qurib bo`lmaydi.

Biz Uchinchi Renessans poydevorini qurish, jamiyatda yangi ma`naviy makon yaratish haqida gapirar ekanmiz, bu ishlarni oila, onalar ma`naviyati bilan uzviy amalga oshirishimiz zarur.  

Hech bir ona farzandining kelgusida baxtsiz bo`lishini istamaydi.  

Shu ma`noda, men muhtarama onalarimizga murojaat qilmoqchiman. Bugun biz Vatanning shon-shuhratini yuksaltiradigan tarixiy davrga qadam qo`ydik.

Shuning uchun, sizlar farzandingizning qalbiga ulug` maqsadlarni, ezgu g`oyalarni singdiring, buyuk orzularni joylashga intiling.

Onalarimiz yuksak fazilatli, mard, jasur farzandlarni tarbiyalab bersa, biz ularni zamonaviy maktab va oliygohlarda kamolga etkazamiz.

Maqsadimiz – har bir oila, xonadon va mahalla mana shu ulug` harakatning markaziga aylansin", dedi Prezident.

    Boshqa yangiliklar