O`zbekiston va Tojikiston o`rtasida yangi turistik yo`nalish yo`lga qo`yilishi mumkin. Bu xaqda "Sputnik Tadjikistan" ga tayanib Zamon.uz xabar berdi.
Endilikda turistlarga ikki mamlakat o`rtasida sayohat qilish imokniyati yaratiladi. Xususan, turistik poezd orqali Andijon — Konibodom — Xo`jand — Dushanbe — Samarqand — Buxoro — Qarshi shaharlariga borish mumkin.
"So`g`d temir yo`llari" korxonasi rahbari Ubaydullo Obidovning ma`lum qilishicha, ushbu loyiha uchun poezdlar tayyor. Shu bilan birga u bu yo`nalish ikki yil oldin ishga tushirilishi lozimligi, ammo pandemiya tufali ortga surilganini ta`kidlagan.






