Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbaevning ma`lum qilishicha, Chinoz tumani prokuraturasi oldida o`zini yoqmoqchi bo`lgan ayol masalasi o`rganilgan.
Ta`kidlanishicha, sud qaroriga asosan S.Xodjanovdan fuqaro G.Xodjanovaga aliment undirish belgilangan.
Qarzdor 2022 yil 1 fevralga qadar har oyda 550.000 so`mdan aliment pullarini to`lab kelgan.
Shuningdek, Kattatepalik MFY, Fayzli ko`chasi, 16-uyga kiritib qo`yilgan.
Biroq shu yilning 25 fevral kuni G. Xodjanova prokuratura binosi oldiga 3 nafar bolalari bilan kelib, ijro harakatlari olib borilmaganini aytib, o`zini va bolalarini “benzin” bilan yoqmoqchi bo`lgan. So`ng benzinni o`zi va farzandlari atrofiga sepib, yoqib yuborgan.
Biroq xodimlarning harakati bilan yong`in bartaraf etilib, hech kim zarar ko`rmagan.
Holat yuzasidan mas`ul idora tomonidan ishchi guruh tuzilib, fuqaro kiritib qo`yilgan xonadonda yashovchi oila o`rganilgan.
Hozirda mutaxassislar tomonidan G. Xodjanovaning ruhiy holati o`rganilmoqda.