O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi mamlakatimizda jurnalist ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ijodiy salohiyatini namoyon qilishiga ko`maklashish, erishgan yutuqlarini e`tirof etish va ularni rag`batlantirish maqsadida 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida an`anaviy o`tkazib kelingan “Atirgul” tanlovi qayta tashkil etilganini e`lon qilgan edi.
Ma`lumki, ushbu tanlov so`nggi yillarda ayrim sabablarga ko`ra to`xtab qolgandi.
Tanlovda jurnalistlar va axborot xizmati xodimalari materiallari bilan ishtirok etishdi.
Tanlov quyidagi sakkiz yo`nalish bo`yicha o`tkaziladi:
“Inson qadri ulug`langan eng yaxshi materiallar uchun”
“Gender tenglik masalasi bo`yicha yoritilgan eng yaxshi materiallar uchun”
“Yoshlar muammolari keng yoritilgan materiallar uchun”
“Sog`lom turmush tarzi yoritilgan eng yaxshi materiallar uchun”
“Oila va mahalla mavzusi eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun”
“Ekologik muammolar keng yoritilgan materiallar uchun”
“Harbiy-vatanparvarlik mavzusida eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun”
“OAV bilan faol hamkorligi uchun”
E`tiborlisi, tanlovda "darakchi.uz" sayti muharriri Farida Egamberdieva "Gender tenglik masalasi eng yaxshi yoritilgan materiallari uchun" nominasiyasi bo`yicha g`oliblikni qo`lga kiritdi.
Bugun o`tkazilgan taqdirlash marosimida ularga diplom va qimmatbaho sovg`alar topshirildi.






