AsosiyJamiyat

Toshkentda ShHT xalqaro yarim marafoni boshlandi

'Toshkentda ShHT xalqaro yarim marafoni boshlandi'ning rasmi

Unda 2200 nafar sportchi va havaskorlar ishtirok etmoqda. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.
 

Bugun, 27 mart kuni poytaxtda mukofot jamg`armasi 138 million so`mdan iborat bo`lgan Shanxay hamkorlik tashkiloti xalqaro yarim marafoni start oldi.


O`zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligidagi ilk tadbir bo`lgan mazkur marafonda 2200 nafar sportchi va havaskorlar qatnashmoqda. Musobaqa dasturiga binoan, ishtirokchilar 3 va 21 kilometr masofada kuch sinashadi.


Nufuzli musobaqa bahslarini respublikamizning eng tajribali 80 nafar hakami boshqarib boradi. Marafon tartibli, xalqaro talablar darajasida o`tkazilishini ta`minlash uchun hakamlarga poygalar davomida 230 nafar ko`ngilli volontyor texnik-taktik tomondan ko`mak beradi.


Marafonda erkaklar va ayollar o`rtasida 1-5 o`rinlarni egallagan ishtirokchilar pul mukofotlari bilan hamda g`olib, sovrindorlar medallar bilan taqdirlanadi. 


Yana bir e`tiborli jihati, yarim marafonning translyasiyasi mamlakatimiz va xorijiy telekanallar orqali tug`ridan-to`g`ri namoyish etiladi.


Ishtirokchilarning natijalarini Xalqaro engil atletika federasiyasi hamda AIMSning texnik ekspertlari Ilya Mixaylovskiy va Adrianus Stevens baholab boradi.

 

    Boshqa yangiliklar