AsosiyJamiyat

3 yoshli qizini ayiq qafasiga tashlagan onaga nisbatan tergov ishlari yakunlandi

'3 yoshli qizini ayiq qafasiga tashlagan onaga nisbatan tergov ishlari yakunlandi'ning rasmi

Xabaringiz bor, bir muddat avval, 28 yanvar kuni, soat taxminan 12 larda yosh ayol bizga noma`lum sabablarga ko`ra haloyiqning ko`z oldida kichkina qizaloqni ayiq voleriga tashlab yuborgan edi. 3 yoshli qizaloq shfixonaga joylashtirilib, unga tibbiy yordam ko`rsatildi va 21 fevral kuni qizaloqqa uyiga javob berildi. 

Mazkur holat yuzasidan onaga nisabatan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismi “v” bandi (Qasddan odam o`ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan

Ayni paytda Bosh prokuratura Matbuot xizmati mazkur jinoyat ishi bo`yicha ma`lumot berdi. 

Keltirilishicha, Toshkent hayvonot bog`ida qizini ayiqlar voleriga tashlab yuborgan ayolga ko`zg`atilgan jinoyat ishi unga nisbatan tibbiy yo`sindagi majburlov choralarini qo`llash masalasini hal etishlik uchun jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent  shahar sudiga yuborish haqida qaror qabul qilindi.

Sudga oid psixiatriya va psixologiya kompleks ekspertizalari xulosalariga ko`ra, ayol umrbod ruhiy xastalik bilan betoblanib kelgani, ruhiy holatidan kelib chiqqan holda, u tergov va sudda to`g`ri ko`rsatmalar berish qobiliyatiga ega emasligi ko`rsatilgan.

    Boshqa yangiliklar