Bu haqda AOKAda bo`lib o`tgan matbuot anjumanida DTM direktori Majid Karimov ma`lum qildi.
"Kirish imtihonlarida tartib buzgan, taqiqlangan narsalardan foydalangan abiturientlar test jarayonlaridan chetlashtiriladi. Agar chetlashtirish jarayonlarida nazoratchilar tomonidan xatoga yo`l qo`yilsa, nazoratchilar ham jarayondan chetlashtiriladi. Hatto ular o`qituvchi va pedagoglardan tashkil topgan nazoratchilarning umumiy bazasidan ham chiqariladi. Abiturientlarga kelsak, ularni test jarayonlaridan chetalashtiramiz, lekin ularga biror qonuniy chora ko`ra olmaymiz, buning uchun hech qanday huquqiy-normativ asos yo`q. Hozirda DTM Adliya vazirligi va Bosh prokuratura bilan hamkorlikda taqiqlangan vositalardan foydalangan abiturientlar uchun qonuniy choralar ko`rish yo`llari ustida ishlamoqda. Xalqaro tajribalar o`rganilmoqda. Kelgusida imtihonda telefon yoki shpargalka bilan qo`lga tushgan abiturientlar birdaniga 5-7 yilgacha chetlashtirilishi mumkinligini qonuniylashtirish ko`rib chiqilmoqda.", dedi DTM direktori.