AsosiyJamiyat

1 aprel kuni yolg`on gapirish mumkinmi? Yoxud hazil-mutoyiba odobi haqida

'1 aprel kuni yolg`on gapirish mumkinmi?  Yoxud hazil-mutoyiba odobi haqida'ning rasmi

Insonlar hayotlari davomida ruhiyatlarini hazil-mutoyiba va shirin so`zlar, qiziqarli hikmatlar bilan boyitib borsalar, umrlari zavqli, fayzli bo`ladi. Bu so`zlar va holatlar me`yorida bo`lib, haddan oshmasa, albatta kishilar qalbiga manzur bo`lib, quvonch baxshida etadi. Muqaddas dinimiz musulmon kishini ochiq yuz, tabassumli va yaxshi do`st bo`lishga buyuradi. Atrofdagilar bunday kishining suhbatidan maroq olib, rag`bat va mehrlari ziyoda bo`ladi. Natijada kishilar o`rtasidagi o`zaro hurmatu-ehtirom va muhabbat ziyodaligi muhim omil bo`lib, jamiyat yanada mustahkamlanadi, jipslashadi, boshlangan ishlar samarasi ortaveradi.

     Biroq har bir ishning qonun-qoidasi bo`lganidek, bu odob turining ham o`ziga yarasha me`yoriy jihatlari bor. Aks holda, ya`ni hazil-mutoyiba qilish haddan ziyoda bo`lsa, mazaxga aylanishi yoki shunday tushunilishi mumkin. Mazax qilish esa inson qalbini yaralovchi qaltis quroldir. Shu bois hazil-mutoyiba qilishning qoidalari bilan tanishaylik.

Hazil-mutoyibada me`yordan oshmaslik

    “Men o`yin va ermak ahlidan emasman”, dedilar (Imom Buxoriy rivoyati).

Mazax qilish, ortiqcha hazil insonni ezgu va xayrli ishlar, ya`ni insonlar hamda jamiyatga manfaatli amallar bilan ko`proq, bardavom mashg`ul bo`lish, boshqalarni targ`ib etish kabi asosiy amallardan chalg`itadi.

 Bu borada hadislarda: Ko`p mazax qilish qalbni o`ldiradi, adovatni meros qiladi hamda kichiklarni kattalarga nisbatan hurmatsizlikka  undaydi”.

“Kim ko`p kulsa, haybati kamayadi va kim ko`p hazil qilsa, uni bepisand qiladi”, deb aytilgan. Hazil-mutoyibada me`yordan oshmasliklozim.

Hazil-mutoyibada ozor bermaslik

   Boshqalarni xafa qilmaslik sharti bilan ahliga,  qarindoshlariga, do`stlari va aka-ukalariga hazil-mutoyiba  ozor bermaslik lozim. 

   Navbatdagi hadislarda “Musulmon musulmonni qo`rqitishi halol emas”, dedilar” (Abu Dovud rivoyati).

   “Bir kishi kimningdir oyoq kiyimini hazillashib yashirib qo`ydi. Bu odobdanmas “Musulmonni qo`rqitmanglar, chunki uni qo`rqitish katta zulmdir”, dedilar” (Imom Tabaroniy rivoyati).

Hazil bahona birovning ustidan kulish, g`iybat qilish, tahqirlash va dinimiz arkonlari xususida mazax qilish, hurmatsizlik  bo`lishin unutmasligimiz hamda hech kimga hazil bilan ozor bermaslik lozimligi takidlangan.

Hazil-mutoyibada yolg`ondan saqlanish

    Yolg`onning turi ko`p, barchasidan saqlanish kerak. Kishilar davrasida bo`lganlarning ba`zilari kulgili qissalarni, hikoyalarni so`zlayotganida eshitayotganlarni kuldirish, ularga xursandchilik ulashish maqsadida yolg`on to`qiydilar. Shubhasiz, shu tariqa bayon etilgan qissa va hikoyalar yolg`ondan saqlanishni, dinimiz  qaytarganini yodda tutishimiz zarur. 

  “Senga ishongan birodaringga yolg`on gap gapirishing katta xiyonatdir”, dedilar» (ImomAhmadvaAbuDovudrivoyati).

     Shu o`rinda yolg`onning ko`payib, tarqalishiga sabab bo`layotgan ba`zi jihatlar va sabablar haqida mushohada qilib o`tamiz. Odamlar orasida “1 aprel yolg`oni” (aldash kuni) nomi bilan keng tarqalgan yomon odat bor. Bu  g`arb “madaniyat”idan kirib kelgan.    Asrlardan buyon dinimiz va xalqimiz qadriyatlari chambarchas bog`lanib, “yolg`onchi” degan nomni o`zlariga or bilgan, bu illatga yaqin yo`lamagan ajdodlarimizning bugungi ayrim avlodlari o`z ota-bobolarining g`ururli, nomusli, iffatli urf-odatlari qolib, kimningdir betayin odatlarini o`zlashtirib olmoqdalar. Buning natijasida ba`zi yoshlarimiz “yolg`on gapirsa bo`lar ekan” degan tarbiyani olib, o`z ota-onalariga, ustozlariga ham yolg`onchilik qilayotganlarining guvohi bo`lmoqdamiz. Aldov bilan birovlarning pullarini olib maqtanib ketayotganlar, yolg`on gaplari bilan oilalarni buzayotganlar, yolg`onchi tuhmatchilar, yolg`on so`zlab guvohlik beruvchilar qaerdan kelmoqda? Ular o`zga yurt vakillari emas, o`z farzandlarimiz, aka-uka, opa-singillarimizdir.

    Bir kishi beshinchi sinfda o`qiydigan o`g`li haqida gapirib beryapti: “Bir kuni o`g`limdan:

– O`g`lim, o`qituvching ota-onalar majlisiga tez-tez chaqirib turardi. Keyingi vaqtlarda chaqirmay qo`ydi, – deb so`rasam, o`g`lim:

– Dadajon, endi ustozimiz chaqirmaydi, – dedi.

– Nimaga chaqirmaydi ustozing, nima, bizdan xafa bo`ldimi?

– Xafamas. Yaqinda ota-onalar yig`ilishi bo`ldi. Siz “Mening vaqtim yo`q”, oyim esa: “Dugonalarim bilan gapim bor, borolmayman”, dedilar. Yaxshiyam bormabsizlar, o`sha kuni ustozimiz o`rtog`im Botirni dadasiga: “O`g`lingiz yaxshi o`qimaydi”, debdi. Botirni dadasi rosa urishibdi. Endi har kuni uyidan ko`chaga chiqmasdan, dars qilayotgan emish. Keyingi kun ustozimiz: “Shokir, ota-onang nimaga kelmadi?” deb so`radilar. Men: “Ustoz, dadam uzoq safarga ketganlar, hali-beri kelmaydilar. Oyimning mazalari yo`q, kelolmaydilar”, deb javob berdim.

– Yaxshi qilibsan, o`g`lim, endi boshqa bezovta qilmaydi, o`zi shundog`am ishlarim ko`p, – dedim.

    Bu ota o`g`lining “gapdon”ligiyu, “uddaburon”ligidan xursand bo`lib so`zlamoqda. Demak, bolani yolg`on gapirgani uchun rag`batlantirmoqda.    Shu taxlit tarbiya olib, balog`at yoshiga etgan farzandga yolg`onning salbiy oqibatlarini uqtirib ko`ring-chi, qanchalik uddalar ekansiz bu ishni? Behuda urinib, vaqtingiz bekorga ketishidan boshqa narsaga kafolat yo`q. Chunki u bolaligidan katta bo`lgunga qadar yolg`on kirdikorlarining “maza”sini totib, “samara”sini ko`rgan va undan zavq olib ulgurgan. Endi u bu yo`lda “etuklik”ka intiladi, yolg`onni yashirish uchun hech bir jinoyatdan, zulm va yomonlikdan qaytmaydi. Agar boshi bir toshga urilib yorilgach, to`g`ri yo`lni ixtiyor qilmasa! Ko`rib turibsiz, mayda-chuydadek tuyulgan yolg`onlarga e`tiborsizlik tufayli, kelajakda yaxshi inson bo`lib etishishi lozim bo`lgan farzand yomon yo`lni odat qilmoqda.

Benazir salohiyatli murabbiylarimiz tarbiya jarayonida ulug` insonlarning samimiy odoblar bilangina hazil qilganliklarini tushuntirib va uqtirib borsalar, farzandlarimiz bundan ibrat olishadi va hayotlari davomida kishilar bilan o`zaro yaxshi muomalada bo`lishadi.

   Bugun alohida to`xtalib o`tishimiz kerak bo`lgan masala – birinchi aprel kuni mavzusidir. Bu kunda hazil-mutoyiba qilish, kimnidir aldash, qaltis-qaltis hazillar qilish va yolg`onga asoslangan hokazo qiliqlar qilish butun dunyoda urf, odat bo`lib qolgan. Afsuski, bu narsa bizning yurtimizda ham kasallikka aylanib ulgurgan. Shuning uchun bu masalagda odob-axloq miyoridan chetga chiqmasligimiz, yuqorida ulug` allomalarimizning, dinimizning arkonlaridan chetga chiqmasdan ish tutishimiz lozim.. Shundan keyin bunga amal qilish-qilmaslik o`zimizga, vijdonimizga, e`tiqodimizga havola.  1 aprelning bunday kunga aylanib qolish tarixi haqida gapirib o`tirmaymiz. Uni kim o`ylab chiqargan, nima sabab bo`lgani bilan ishimiz yo`q. Biz uchun eng muhimi shuki, yolg`onga asoslangan har qanday narsa hech qachon o`zini oqlamaydi. Dinimiz yolg`onga, mazaxga asoslangan narsani qoralaydi.  Bu ma`lumotlarning saviyasi ilmiy ma`lumotlarga asoslangan, Lekin eng asosiysi, mazkur ma`lumotlarning hech birida 1 aprel kuni haqida insoniylik, ma`naviyat, ilm-ma`rifat, axloq-odob, dinu diyonatga mos keladigan birorta ijobiy tushuncha yo`q. Balki barchasi boshidan oxirigacha bayram bahona qandaydir ko`ngilhushlik bilan shug`ullanish. Demak ularning maqsadlari bitta – u ham bo`lsa, har qanday yo`l va uslub bilan kimnidir aldash, kuldirish, mazax qilish, masxaralash, tashvishga qo`yish, qo`rqitish, cho`chitish, asabini buzishdir. Bularning natijasida qandaydir fojialar kelib chiqishi ham mumkin, ammo ular bunga e`tibor bermaydilar. Balki 1- aprel hazil kuni degan bahona bilan o`zlarining kirdikorliklarini yashiradilar.

   1 aprel kunini bayram sifatida nishonlashning tarixi, kelib chiqishi haqidagi ma`lumotlar ham turli tuman. Birida «ommaviy qirg`in, bir din vakillarini qatliom qilish kuni» deyilgan bo`lsa, boshqasida Evropadagi ba`zi imperatorlarning ko`r-ko`rona qilgan ishlari va tadbirlarini yashirish maqsadida 1 aprelga asos solinganligi va bu milodiy 16-asrdan boshlanganligi aytiladi.

Hozirgi kunda 1 aprelning qanday kun deb atalishi to`g`risidagi internet sahifalarida berilgan ba`zi ma`lumotlardan iqtibos keltiramiz:

    «Hozir Evropada nishonlanayotgan birinchi aprel kuni odamlarning bir-birini aldashidan boshlangan» ,«1 aprel – aldash va laqillatish kuni munosabati bilan tanlov e`lon qilaman», «1 aprel kuni dunyoning bir qator mamlakatlarida Kulgi kuni, Hazil kuni, Aldash kuni nishonlanadi. Shu kuni yaqin do`stlar bir-biri bilan hazillashadilar»., «1 aprel kuni bir marta bo`lsa ham jilmayib qo`ymaydigan odam topilmasa kerak. Birinchi aprel bir-biriga haddi sig`adigan, qalbi pok insonlarning bayrami», «1 aprel – ahmoqlar kuni».

  Mazkur iqtiboslardan ko`rinib turibdiki, bu kunning qandaydir nom bilan atalishi yoki bayram qilinishida hech qanday xayriyat yo`q. Chunki bu kunda shariatimizda man etilgan bir qancha ma`naviy va moddiy jinoyatlar sodir etiladi, ammo mazkur jinoyatlar hazil, kulgi niqobi ostida amalga oshiriladi. Shuning uchun ham mazkur jinoyatlarni sodir etayotganlar ham, bundan jabr ko`rayotganlar ham go`yoki bir-biridan xafa bo`lmaydi.

    Avvalo, bu «bayram»ning nomidanoq ko`rinib turibdiki, 1 aprel – aldash kuni. Aldash – yolg`onchilik, kazzoblik, firibgarlik degan ma`nolarni o`z ichiga oladi. Yolg`on esa shariatimizda, mentalentimizda bizni Mustaqil diyorimizda amal qilinmaydi. Adob-axloq miyorida yoshlarimizga tarbiya berish joriy etilganlgi barchamizni xushnud etib. yoshlarni, farzand va nabiralarimizni pok,sofdil, axloq-odobli qilib  tarbiyalashdek ezgu-g`oyalar bilan barcha ota-onalar va ustoz va murabiylar hamjihatlikda ish tutmoqdalar.  

    Inson salomatligining tayanchlaridan biri — samimiy kulgidir. Boshqa mavjudotlarning hammasidan odam o`eining kulish fazilati bilangina ajralib turadi. Yaxshi, beg`ubor kulgidan ruhiy sog`liq, tetiklik paydo bo`ladi. Shunisi ham borki, xushchaqchaq odamning buguni ham, ertasi ham quvnoqlik bilan o`taveradi. Shifokorlar ko`pincha kulgini umr uzaytirish dorisi, deya ta`riflaydi. 1 aprelni kutmasdan doimo Haqiqatdan, kulib, quvnab yurgan odam ueoh umr ko`radi, bu fikr hayotda o`e isbotini topgan. Kulgi kirgan har bir xonadondan g`am-tashvish, urish-janjal, g`iybat-bo`hgon, dardu alam qochadi. Chehralar yorishib, xushmuomalalik va ahillik kuchayadi. Ammo faqat kulgi bilan hayot kechirib bo`lmaydi. Kulishning ham vaqgi-soati, me`yori bor. Shuningdek, kulgi odobi ham mavjud. Ana shularga amal qilib kulgan kishigina kulgining qadriga etadi.

 Abdivohid Valiev,

Qo`shrabot tuman 37-maktab targ`ibotchi o`qituvchisi 

O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi a`lochisi.

    Boshqa yangiliklar