AsosiyJinoyat

Qashqadaryoda maktab o`quvchisi o`zini osib qo`ydi

'Qashqadaryoda maktab o`quvchisi o`zini osib qo`ydi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati Nishon tumani Oydin mahallasida yashovchi, shu hududdagi 18-maktabning yuqori sinf o`quvchisi o`zini osib, o`z joniga qasd qilgan. Bu haqda «Nasafnews» xabar bermoqda.

Ma`lum bo`lishicha,  22 mart kuni soat 22:00larda Nishon tumani «Oydin» MFYda yashagan, voyaga etmagan Nishon tumani XTBga qarashli 18-sonli maktabni 10-sinfda o`qigan, 2005 yilda tug`ilgan X.N. o`z joniga qasd qilgan.

Qiz o`z yashash uyining ichki xonasi ustunlariga arqon ip bilan o`zini-o`zi bo`yin sohasidan osib, voqea joyida vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan Nishon tumani prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazmoqda.

    Boshqa yangiliklar