Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyati Uzun tuman bo`limi tomonidan AT “Xalq banki” Uzun filialining murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.
Unda, filialning 2-son sayyor kassasi kassiri A.A. joriy yilning fevral-mart oylarida o`ziga biriktirilgan hududda 278 nafar fuqaroga naqd pul ko`rinishida chiqarilgan jami 121,1 mln so`m pensiya va nafaqa pullarini ularning nomidan soxta imzolar qo`yish orqali o`zlashtirgani aniqlandi.
Fuqaro ushbu pullarni internet tarmog`idagi “1Xbet” onlayn kazino o`yinlariga ishlatib, talon-toroj qilganligi aniqlanib, tekshiruv davomida departament aralashuvi bilan 117 mln so`m qaytarildi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






