Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi "BABY LAND" xususiy bog`chasida bolakayga zulm qilishgani aks etgan surat tarqaldi .
Izohda aytilishicha, 24 mart kuni shaharning Sug`diyona maskanida yashovchi I.Sh. voyaga etmagan farzandini Samarqand tumanidagi xususiy bolalar bog`chasidan uyiga olib kelganida tanasining turli joylarida tilingan jarohatlar borligini ko`rgan.
Maktabgacha ta`lim vazirligi holat yuzasidan o`rganish ishlari olib borgan.
Ta`kidlanishicha, Samarqand tumani “Buxoriy” MFY hududida joylashgan Baby Land (Kids academy) xususiy maktabgacha ta`lim tashkiloti O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 2020 yil 09 mart kuni “Bexruzjon Intelekt” xususiy korxonasi tomonidan xususiy maktabgacha ta`lim tashkilotini tashkil etish bo`yicha lisenziya (№MT 1248 soni) asosida faoliyat olib bormoqda.
Dastlabki o`rganish natijalariga ko`ra, hodisa o`z tasdig`ini topgan.
Tadbirkor tomonidan tarbiyachi I.D bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Maktabgacha ta`lim vazirligi xususiy bog`chani lisenziyasini bekor qilish masalasini ilgari surmoqda.
" - Har bir tadbirkor tashkil etayotgan bolalar bog`chalariga ruxiy sog`lomligi to`g`risidagi ma`lumotnomalar asosida tarbiyachi ko`nikmalari bor mutaxassilarni jalb qilishi lozim.