AsosiyJinoyat

Namanganda 35 yoshli shaxs o`zidan 11 yosh katta odamni pichoqlab o`ldirdi

'Namanganda 35 yoshli shaxs o`zidan 11 yosh katta odamni pichoqlab o`ldirdi'ning rasmi

Namangan shahri Davlatobod tumani "Xalqlar do`stligi" mahallasida ichkilikbozlik ortidan sodir bo`lgan jinoyat yuzasidan muhokama yig`ilishi bo`lib o`tdi. Bu haqda Namangan viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.  

Yig`ilishda qotillik jinoyati tafsilotlari ma`lum qilindi.  

Keltirilishicha, 1987 yilda tug`ilgan shaxs o`zidan 11 yosh katta fuqaro bilan tortishib qoladi. Otasini haqorat qilganligi sababli, cho`ntagidan pichoq olib, fuqaro tanasining orqa qismiga 1 marta sanchib jarohat etkazadi. Hodisa sodir bo`lgan vaqtda har ikkala fuqaro spirtli ichimlik ta`sirida bo`lgan. 

Natijada jabrlanuvchi voqea joyida vafot etadi. Holat yuzasidan Davlatobod tumani prokuroturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-modda 1- qismi bilan jinoyat ishi ochilgan. 

    Boshqa yangiliklar