Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Parkent tuman bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.
Unda, fuqaro B.E. ukasi B.X.ga tegishli “Zarkent” qishlog`i hududida joylashgan 16,5 sotix noturar joyni fuqaro A.ga kelgusida turar joy toifasiga o`tkazib berish sharti bilan 21 500 AQSh dollariga sotib, belgilangan tartibga zid ravishda tanishlari yordamida soxta ma`lumotlar asosida ushbu noturar joyni turar joy toifasiga o`tkazib, qalbaki hujjatlarga asosan kadastr hujjatlarini tayyorlab berganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






