Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Guliston shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Guliston shahar shoshilinch tez tibbiy yordam stansiyasi navbatchi shifokori R.G`. fuqaro D.ni tanishlari yordamida ushbu bo`limga dispetcherlik vazifasiga ishga kiritib qo`yish evaziga 700 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departament hamda DXXning Surxondaryo viloyati boshqarmalari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, Sho`rchi tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tez tibbiy yordam bo`limi xo`jalik bekasi M.I. fuqaro M.ni birlashmada ishlovchi tanishlari yordamida hamshira vazifasida ishga kiritib qo`yish evaziga 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






