U COVID'ning ikki varianti qo`shilishidan paydo bo`lgan va unga vaksinalarning ta`siri haqida xulosa chiqarish uchun etarli dalillar yo`qligi aytilmoqda.
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi — XE aniqlandi. Bu haqda "Kommersant`" xabar berdi, deya yozmoqda Zamon.uz' nashri.
Qayd etilishicha, olimlar hozirda uning qay darajada xavfli ekanini aniqlamagan. Yangi variant BA.1 va BA.2 "omikron" shtammlari qo`shilishidan paydo bo`lgan. Buyuk Britaniya sog`liqni saqlash xavfsizligi agentligi (UKHSA) ma`lumotlariga ko`ra, 22 mart kungi holatga ko`ra, mamlakatda XE bilan bog`liq 637 holat aniqlangan.
UKHSA bosh tibbiy konsultanti Syuzan Xopkins bu kabi rekombinatlar odatda populyasiyadan tezda mustaqil ketishini ta`kidlagan.
"XE rekombinati tarqalishning o`zgaruvchan tezligini ko`rsatdi va biz hozir aniq nimadir deya olmaymiz. Hozircha virusning transmissivligi, og`irligi yoki unga vaksinalarning ta`siri haqida xulosa chiqarish uchun etarli dalillar yo`q", — degan Xopkins.