AsosiyJinoyat

Marg`ilonda padarkush o`g`il ruhiy kasal onasining ham qotiliga aylandi

'Marg`ilonda padarkush o`g`il ruhiy kasal onasining ham qotiliga aylandi'ning rasmi

Padarkush o`g`il ruhiy kasal onasining ham qotiliga aylandi. Gumonlanuvchi ilgari otasining o`limiga sababchi bo`lib, 9 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Bundan to`g`ri xulosa chiqarmagan farzand yana jinoyatga qo`l o`rdi. U onasining hayotiga ham ayanchli nuqta qo`ydi. Zamon.uz' bu haqda xabar bermoqda.

Ma`lum bo`lishicha, ushbu jinoyatga ularning doimiy janjallari sabab bo`lgan.

Sarmast uyga kelgan o`g`il onasi bilan yana janjallashadi.

"Itarib yuborganimda boshi qirgoqqa borib tekkan ekan. O`zimni kechirolmayapman. Umrimni oxirigacha o`zimni kechirolmayman",-deydi u pushaymonligini bildirib.

Bosh va elkasiga berilgan musht zarbidan ona voqea joyida vafot etgan.

Ayblanuvchining singlisi voqeadan xabar topib, IIBga xabar bergan.

"Ayblanuvchi JKning 60-61 moddalari bilan uzil-kesil 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi",-deydi JIB Marg`ilon shahar sudi sudyasi.

    Boshqa yangiliklar