Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti xulosasiga to`xtaldi.
Bugun dunyo aholisining 99 foizi ifloslanish darajasi me`yoriy ko`rsatkichdan yuqori bo`lgan havodan nafas olmoqda. Bu insoniyat salomatligi uchun jiddiy tahdiddir.
“Havoning ifloslanishi har yili 7 million odamning o`limiga sabab bo`lyapti, — deydi JSSTning iqlim o`zgarishi, salomatlik va atrof-muhit masalalari bo`yicha departamenti direktori Mariya Neyra. — Shuningdek, bu holat ko`plab kasalliklarni avj oldirmoqda.
Masalan, atmosferadagi zaharli moddalar o`pka orqali qon aylanish tizimiga kirib, yurak-qon tomir xastaliklarini keltirib chiqarishi mumkin.
Qolaversa, olimlar fikricha, havoda azot dioksidi miqdori oshishi nafas yo`llarida jiddiy muammolar, xususan, bronxial astmani yuzaga keltiradi.
Shu bois, JSST dunyo mamlakatlarini atmosfera ifloslanishining oldini olishga qaratilgan samarali choralar ko`rishga chaqirdi.