Bugun, 6 aprel kuni soat 04:12 da Toshkent shahar Mirobod tumani "A. Avloniy" MFYda joylashgan oziq-ovqat do`konida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko`ra 3 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 04:18 da yong`inga etib borgan va soat 04:25 da bartaraf etilgan.
Yong`in natijasida oziq-ovqat do`konining 30 kv.m maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangani aytilmoqda.
"Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q. Hozirda yong`in sababi hamda keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda",-deyiladi xabarda.