AsosiyDunyo

100 kun davom etgan qirg`inda 800 mingga yaqin Tusilar va ularga хayriхoh xutular o`ldirilgan. 7 aprel – Ruandada sodir etilgan genosidni xotirlash xalqaro kuni

'100 kun davom etgan qirg`inda 800 mingga yaqin Tusilar va ularga хayriхoh xutular o`ldirilgan. 7 aprel – Ruandada sodir etilgan genosidni xotirlash xalqaro kuni'ning rasmi

Har yili 7 aprel kuni butun dunyoda Ruandada sodir etilgan genosid qurbonlari xotirlanadi. Bu haqdagi rezolyusiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 2003 yil 23 dekabrda qabul qilingan. 

Ruandada sodir etilgan genosid qurbonlari xotirasi kuni ramziy ma`noga ega. Ushbu sana Ruandada ozchilikni tashkil qilgan Tusilarga Xutular tomonidan qirg`in sodir etganligiga bag`ishlangan bo`lib, bu voqea 1994 yil aprel oyidan iyungacha yuz bergan. 

1994 yilda qariyb 100 kun davom etgan qirg`inda 800 mingga yaqin Tusilar va ularga hayrihoh xutular o`ldirilgan. Turli ma`lumotlarga qaraganda, bu genosidda 800 mingdan 1 milliongacha odam o`ldirilgan bu mamlakat aholisining, taxminan, 20 foizini tashkil qilardi.

Ruandada sodir etilgan genosid yuzaga keltirgan asosiy sabablardan biri – 1994 yilning 6 aprel kuni Tanzaniyada bo`lib o`tgan xalqaro anjumandan qaytayotgan Ruanda va Burundi prezidentlari tushgan samolyot urib tushirildi. Ularning har ikkisi halok bo`ldi. Prezident Xabiarimana vafotidan keyin ko`p o`tmay prezident gvardiyasi aeroport yaqinida bo`lgan odamlarni o`ldira boshladi. Ruanda harbiylari avval tuzilgan ro`yxat bo`yicha tusi qabilasiga mansub siyosatchilarni o`ldira boshladi. O`ldirilganlar orasida xutu qabilasi vakillari va tinch aholi vakillari ham bor edi. Mamlakat bosh vaziri Agata Uvilingiyimana 7 aprel kuni o`ldirildi. Bosh vazir uyini qo`riqlayotgan 10 nafar belgiyalik va 5 nafar Ganalik askar o`z qurollarini topshirishga majbur bo`ldi. Tinchlikni saqlovchi kuchlari qurolsizlanganini ko`rgan Agata Uvilingiyimana eri, bolalari va yana bir necha hamrohi bilan AQSh elchixonasiga yashirinishga harakat qildi. Biroq harbiylar va jangarilar bosh vazir va uning erini shafqatsizlarcha o`ldirishdi. 

Prezidentlar halokati xutu elatining ekstremistlari uchun Ruandada hokimiyatni egallab olishga bahona bo`ldi va son bo`yicha ulardan oz bo`lgan tusi elati vakillariga nisbatan ommaviy qirg`inlar boshlab yuborildi.

Tahlillarga ko`ra, Ruandadagi qirg`inning tezligi ikkinchi jahon urushida fashistlar tomonidan "o`lim lagerlarida" sodir etilgan qotilliklar tezligidan besh barobar oshib ketganini bildiradi.

2008 yilning 18 dekabrida tribunal sobiq polkovnik Teoneste Bagosoruni insoniyatga qarshi jinoyat sodir etganlikda aybdor, deb topib umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Ma`lum bo`lishicha, u aviahalokatdan so`ng mamlakatdagi siyosiy va harbiy vaziyatni o`z qo`liga olgan. Shu sababli ham ma`suliyat unga tushadi.

1994 yil Ruandada sodir etilgan genosid qurbonlarini xotirlash kuni 2003 yildan buyon xalqaro xotirlash kuni sifatida butun dunyoda o`tkazilib kelinadi.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Ruandada sodir etilgan genosiyad qurbonlarini yodga olish bilan birga, bugungi kunda Ukrainada bo`layotgan mojarolar tufayli tinch insoniyatga misli ko`rilmagan ziyonlar xaqida aytib o`tdi.

Abdumajidov Iqbol,

Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazi bosh mutaxassisi

 

    Boshqa yangiliklar