Samarqand shahrida 26 yoshli fuqaroni fohishalik bilan shug`ullanish maqsadida Turkiyaga yubormoqchi bo`lgan ayol qo`lga olindi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilingishicha, o`tkazilgan tezkor tadbirda 26 yoshli juvonni Turkiyaga fohishalik qilish uchun bormoqchi bo`lgan 36 yoshli ayol ushlangan. Holat tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
Hozirda to`plangan hujjatlar Samarqand shahri bo`yicha ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo`limiga taqdim etilgan va ayolga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi.






