AsosiyJAMIYAT

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi yangi lavozimga tayinlandi

Prezident qarori bilan Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilmoqda.

Xususan, bosh vazirning maslahatchisi – Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig`i lavozimi tugatildi.

Uning o`rniga bosh vazirning Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo`yicha maslahatchisi – Davlat geologiya va mineral resurslar qo`mitasi raisi lavozimi kiritildi.

Ushbu lavozimga Bobir Islamov tasdiqlandi va shu munosabat bilan u Davlat geologiya va mineral resurslar qo`mitasi raisi lavozimidan ozod etildi.

    Boshqa yangiliklar