Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi Ukraina bo`yicha o`tkazilgan maxsus sessiyada Rossiyaning Inson huquqlari bo`yicha kengashdagi a`zoligini to`xtatib turish to`g`risidagi G`arb rezolyusiyasini qabul qildi. Bu haqda Zamon.uz' xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ushbu hujjatni qabul qilish uchun ovoz berishda qatnashganlarning uchdan ikki qismi ma`qullashi talab qilingan, betaraf qolganlar esa hisobga olinmagan.
93 ishtirokchi davlat buni yoqlab ovoz bergan, 24 davlat qarshi bo`lgan, 58 davlat betarafligini bildirgan.
Rossiyaning a`zoligini to`xtatib turish to`g`risidagi qaror faqat joriy rotasiyaga, ya`ni 2023 yilda Rossiya Federasiyasining kengashdagi vakolat muddati tugaguniga qadar amal qiladi. Bundan tashqari, Rossiya Federasiyasi yana a`zolik uchun ariza topshirishi mumkin.
A`zolikning to`xtatilishi doirasida Rossiya ovoz berish huquqidan mahrum bo`ladi, ammo Kengash yig`ilishlarida qatnasha oladi.