AsosiyDunyo

Rossiya-Ukraina urushi oqibatlari hamma joyda sezilmoqda — Turkiya tashqi ishlar vaziri

'Rossiya-Ukraina urushi oqibatlari hamma joyda sezilmoqda — Turkiya tashqi ishlar vaziri'ning rasmi

Bucha va Irpindan olingan kadrlar davom etayotgan muhokamalar va ijobiy muhitga soya soldi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho`g`li ma`lum qildi, deya xabar berdi “Trend”.

Uning qayd etishicha, butun dunyoda Ukrainadagi urushdan jiddiy xavotir bor, urush oqibatlari hamma joyda sezilmoqda.

"Hamkorlarimiz bilan ushbu uchrashuvni tashkil etish muhim edi. Oxirgi sessiyada Ukrainaga qanday yordam berishimiz, bu urushni qanday to`xtatishimiz mumkinligi haqida muhokama qilish kerak edi. Sessiyalardagi barcha suhbatdoshlarimiz va ko`plab ittifoqchilarimiz Turkiyaning ushbu vaziyatni yaxshilashga qaratilgan harakatlari uchun yana bir bor mamnunlik bildirdilar”, - deya qo`shimcha qildi Chavusho`g`li.

    Boshqa yangiliklar