AsosiyJinoyat

Samarqandda 9 oylik chaqaloqni o`ldirgan ota 13 yilga qamaldi

'Samarqandda 9 oylik chaqaloqni o`ldirgan ota 13 yilga qamaldi'ning rasmi

2021 yilning 20 oktyabr kuni Samarqand viloyatining Pastdarg`om tumanida yashovchi o`gay ota 9 oylik chaqaloqni vahshiylarcha o`ldirdi. Bu haqda "Zamon" yozmoqda.

Aniqlanishicha, 2021 yilning 18 oktyabr kuni qotilning ayoli ishga deb uyidan chiqib ketgan. Ayoli 2 kun mobaynida uyiga qaytmagan va bundan o`gay otaning jahli chiqqan. Uning so`zlariga ko`ra, sudlanuvchi go`dakni qo`liga olib, erga uloqtirib yuborgan va yana qayta belanchakka solib qo`ygan.

Ekspertiza xulosasiga ko`ra, bolakayning jonsiz tanasining ko`krak qafas chap sohasida qontalash joylarni, bosh yumshoq to`qimasiga qon quyilishi, bosh miya pardalari osti to`qimasida qon quyilishi kabi jarohatlari aniqlangan. Ushbu jarohatlar o`tmas tig`li jism yordamida amalga oshirilgan.

Samarqand tumaning JIB tuman sudida ushbu qotillik bo`yicha o`gay otaga sud hukmi o`qildi. Unga ko`ra, fuqaro Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 2-qismi "v", "j" bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Sud hukmiga ko`ra JKning 57-moddasini qo`llagan holda o`gay otaga 13 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar