AsosiyJamiyat

Toshkent shahrida "Mercedes-benz" avtomobilining yonib ketish sabablari aniqlandi

'Toshkent shahrida "Mercedes-benz" avtomobilining yonib ketish sabablari aniqlandi'ning rasmi

2022 yil 10 aprel kuni soat 13:40 larda Toshkent shahri M.Ulugbek tumani, Mustaqillik shoh ko`chasi Pushkin metro bekati qarshisida "Mercedes-benz GL 500" rusumli avtomobil yonib ketgani haqida xabar berilgan edi.

️o`l harakati xavfsizligi xizmatining dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, "Mercedes-benz GL 500" avtomobili  1985 yilda tug`ilgan haydovchi O.O. boshqaruvida bo`lgan. Avtomobilning dvigatel qismida  elektr simlarida qisqa tutashuv sababli yong`in yuzaga kelgan.

O`t o`chiruvchilar voqea joyiga zudlik bilan etib borgan va yong`in bartaraf etilgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q. Transport vositasiga zarar etgan.

Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar