AsosiyJamiyat

"Norasidalarni ko`z yoshi tutdi, otamni berib qo`ydik"

'"Norasidalarni ko`z yoshi tutdi, otamni berib qo`ydik"'ning rasmi

Bir muddat avval Qoraqalpog`istonda ona o`z go`daklarini nomaqbul so`zlar bilan haqoratlab, kaltaklagani haqida yozgan edik. Shuningdek, holat bo`yicha vazirlik ham munosabat bildirgandi. Ijtimoiy tarmoq foydaluvchilarining asosli e`tiroziga sabab bo`lgan bu voqeadan so`ng ona xalqdan uzr so`rb chiqdi va vaziyat aslida qanday bo`lganini tushuntirdi.

U so`zi avvalida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan videoni o`z qo`li bilan tasvirga olganini ma`lum qildi.

"Uyda farzandlarim bilan yashayman. Turmush o`rtog`im Moskvada. Videoni yuborib, turmush o`rtog`im yaqinlari bizdan xabar olib turar, deb o`ylagandim. Baribir kelishmadi",-deydi u.

Ayol go`daklariga qo`l ko`targanida shok holatida bo`lganini ta`kidlaydi.

"Ota-onam kasal bo`lib, shok holatiga tushdim. Farzandlarimni urganimdan afsusdaman",-deydi u.

Norasidalarni ko`z yoshi tutdi, otamni berib qo`ydik, deya pushaymonligini bildiradi bolalarning onasi.

Uning ma`lum qilishicha, voqea bundan bir yil avval sodir bo`lgan. Biroq video yaqin vaqtlarda tarqab ketgan. U bunda qaynonasini ayblaydi.

"Qaynonam qo`rqitardi. Video tarqab, televizordan o`zingni ko`rasan, deyishardi. Aytganini qilishdi",-deydi u so`zi so`ngida yana bir bor xalqdan uzr so`rab.

    Boshqa yangiliklar