Bir necha kundirki, Toshkent shahar hokimi poytaxtdagi mahallalarda o`rganish ishlarini olib bormoqda va sayyor qabullar o`tkazmoqda. Hokim boshchiligidagi mutasaddilarning navbatdagi manzili Sergeli tumani bo`ldi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tumandagi «Sofdil» mahallasining shart-sharoitlari, hududni obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash hamda boshqa yo`nalishlarda olib borilgan ishlar bilan tanishildi. Aholining turmush tarzi, muammo va murojaatlariga e`tibor qaratildi.
Shu erning o`zida Sergeli tumani aholisi uchun sayyor qabul ham tashkil etib, fuqarolar murojaatlari atroflicha ko`rib chiqildi.
Jumaladan, hokim qabuliga fuqarolardan biri shaxmat maktabi ochish taklifi bilan keldi. Murojaatchining ma`lum qilishicha, ayni paytga qadar u ustozlik qilgan yoshlarning 35dan ortig`i Osiyo va jahon chempionlari bo`lishgan. Javohir Sindorov ham uning shogirdi.
Ortiqxo`jaev murojaatchidan davlat mukofoti bilan taqdirlanganmi yoki yo`qligini so`radi. Ma`lum qilishicha, shaxmat ustozi 2008 yilda "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan. Shundan so`ng, poytaxt hokimi unga shaxmat maktabi ochib berishni va`da berdi va "Spark " avtomobili ham sovg`a qildi.