AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonda o`z onasi tomonidan ho`rlangan bolalar bo`yicha kechiktirib bo`lmaydigan ishlar amalga oshirilmoqda – hokimlik

'Qoraqalpog`istonda o`z onasi tomonidan ho`rlangan bolalar bo`yicha kechiktirib bo`lmaydigan ishlar amalga oshirilmoqda – hokimlik'ning rasmi

2022 yil 9 aprel kuni ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Xo`jayli tumanida istiqomat qiluvchi "Ona" o`z farzandlarini haqorat qilib, qo`rqitib, qiynab, ularga nisbatan  qupol munosabat bildirgan va kuch ishlatilgan video material tarqalgani haqida yozgan edik

Holat bo`yicha Xo`jayli tuman hokimligi  rasmiy munosabat bildirdi.

Ta`kidlanishicha, video tasvirlardagi barcha shaxslar doirasi to`liq aniqlanib, hozirgi kunda Xo`jayli tuman IIB tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi "a", "v" bandlari (voyaga etmagan ojiz ahvoldagi shaxsni qiynash) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu hodisa Xo`jayli tuman hokimligi va prokuratura tomonidan alohida nazoratga olinib, bolalar huquqlarini himoya qilish va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ishchi guruh tuzilib, kechiktirib bo`lmaydigan ishlar amalga oshirilmoqda.  

Natijasi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali xalqqa qo`shimcha axborot berib boriladi.

 

 

    Boshqa yangiliklar