1

​Olimlar his qiluvchi qo`l protezi yaratdi

Salomatlik 11.04.2022, 17:38
​Olimlar his qiluvchi qo`l protezi yaratdi

Buyuk Britaniyaning Bristol universiteti tadqiqotchilari tomonidan qo`l barmoqlari o`rnini bosuvchi noyob protez yaratildi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

3D-printer yordamida yasalgan mazkur qurilma yuzasi sun`iy teri bilan qoplangan. U inson barmoqlariga xos barcha funksiyalarni bajarishga qodir. Qolaversa, tashqi ta`sirlar, masalan, issiq va sovuqni, og`riqni his qilish qobiliyatiga ega.

Buning uchun protez inson barmoqlari uchidagi turli nerv tolalari singari miyaga signallar jo`natadagan maxsus mitti sensorlar bilan jihozlangan.

Olimlar haqiqiy taktil neyronlar faoliyatiga juda o`xshash ushbu sun`iy nerv signallari hosil qilinishini katta voqelik, deb hisoblamoqda.

Qolaversa, tajribalar davomida protez barmoqlar qoplamalarini xuddi inson terisi bilan bir xil ko`rinishda yasashga muvaffaq bo`lindi.

Mutaxassislar fikricha, bu kashfiyot kelajakda robotlar qo`llarini yaratishda ham foydali bo`lishi mumkin. Chunki mazkur protezlar kichik va nozik detallar bilan ishlash imkonini beradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1