Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmasi hamda Yangier shahar bo`limi tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda, fuqaro Sh.N. o`ziga “Shodlik” MFY hududida “Sport majmuasi” qurish uchun ajratilgan 18 sotix er maydonini boshqa bir fuqaro Sh.ga firibgarlik yo`li bilan 70 mln so`mga sotishga kelishib, ushbu pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






