1

​Endi infarkt va insult xavfini to`rt yil oldin aniqlash mumkin

Salomatlik 16.04.2022, 18:12
​Endi infarkt va insult xavfini to`rt yil oldin aniqlash mumkin

AQShning “SomaLogic” kompaniyasi olimlari yurak xuruji va insult xavfini oldindan aniqlashning ikki barobar samarali usulini topdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati yozmokda.

Buning uchun qondagi oqsillar tarkibi o`rganildi. Ya`ni maxsus apparat yordamida 22 ming nafardan ortiq bemorning plazmasi namunalarida 5000ga yaqin oqsillar tahlil qilindi.

Natijada ular orasidan infarkt, insult yoki yurak etishmovchiligi ehtimolini ko`satuvchi 27 ta oqsilni topishga muvaffaq bo`lindi.

Tadqiqotchilar fikricha, qon tahlilining yangi usuli insonlarda kelgusi to`rt yil ichida yuqoridagi kasalliklarga chalinish xavfi darajasini ko`rsatib beradi.

Bundan tashqari, shifokorlar bemorga buyurilgan dori-darmonlar qanday ta`sir qilishi, davolanish rejimini o`zgartirishga ehtiyoj bor yoki yo`qligini ham mazkur metod yordamida aniqlashlari mumkin.

Olimlar xulosasiga ko`ra, ushbu diagnostik imkoniyat bemorning yoshi, jinsi, kasallik tarixi, xolesterin darajasi va qon bosimi ko`rsatkichlarini o`z ichiga oladigan yurak-qon tomir kasalliklari xavfini baholashning amaldagi tizimidan ikki baravar aniqroq natija beradi.

Hozir Qo`shma Shtatlardagi qator tibbiyot muassasalarida yangi usuldan amaliyotda foydalanishga kirishildi.

 

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1