Mamlakat ularni “Qora ro`yxat”ga kiritdi.
Yana bir qator rus oligarx va amaldorlariga sanksiyalar qo`llangan.
Bu haqda manbalarga tayanib Zamon.uz' nashri xabar bermoqda.
Unda aytilishicha, Kanada hukumati Rossiyaning bir qator elita vakillariga shaxsiy sanksiyalar joriy qildi. "Qora ro`yxat"ga amaldor hamda oligarxlar, shuningdek, Rossiya prezidenti va tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning farzandlari ham kiritilgan. Tegishli hujjat hukumat tomonidan e`lon qilingan.
Shunday qilib, Rossiya Markaziy banki rahbari Elvira Nabiullina, ishbilarmonlar Petr Aven, Mixail Fridman, Mixail Guseriev, German Khan, Oleg Boyko va yana sakkiz nafar rossiyalik shaxsga nisbatan sanksiya qo`llanilgan.
Cheklov choralari Igor Makarov, Sergey Roldugin, Aleksandr Torshin, Aleksandr Ponomarenko, Katerina Tixonova, Mariya Vorontsova, Mariya Lavrova va Ekaterina Vinokurovalarga nisbatan ham qo`llaniladi. Yuqorida nomlari qayd etilgan shaxslar Kanada hududiga kira olmaydi.