O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida va Buxoro, Navoiy viloyatlarining cho`l hududlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 23-28° ni tashkil etadi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 26-28° bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-20° bo`ladi.






