AsosiyJamiyat

FVB Chiroqchiga kelgan sel talofatlari bo`yicha rasmiy ma`lumot berdi

'FVB Chiroqchiga kelgan sel talofatlari bo`yicha rasmiy ma`lumot berdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Chiroqchi tumani Quruqsoy mahallasida sel kelishi bilan bog`liq videolavhalar tarqaldi. Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati FVB axborot xizmati xabar bermoqda.  

Ma`lum qilinishicha, haqiqatdan ham, joriy yilning 24 aprel kuni soat taxminan 18.30 lar atrofida ushbu hududda kuchli yomg`ir yog`ishi natijasida sel kelishi bilan bog`liq vaziyat kuzatilgan.

Oqibatida Chiroqchi tumani Quruqsoy mahallasi Govxona qishlog`i hududidagi 2 ta aholi yashash xonadonlariga sel suvlarini to`planishi kuzatilgan bo`lsa, qishloqning 60-sonli maktab hududini o`rab turgan 15 metr masofadagi chegara devorlariga ziyon etgan.

Shuningdek, maktab hududidagi sport maydonchasiga sel suvlari bilan oqib kelgan qum va tosh aralashmasi to`planib qolganligi ma`lum bo`ldi.

Aniqlanishicha, fuqaro Q.I tomonidan o`zboshimchalik bilan sel suvlari yo`nalishi bo`ylab qurib olingan qo`shimcha imorat (mol va somonxona) lariga ham sel kelishi oqibatida imoratni qisman ag`darib, yaroqsiz holatga keltirgan.

Mutaxassislar bergan ma`lumotlariga ko`ra, mazkur qishloq ichidan o`tuvchi suv ariqlari yillar davomida tozalanmaganligi hamda ichki yo`llardan o`tuvchi ariq suvlarini yo`naltirishga mo`ljallangan quvurlar qum va tosh aralashmalari bilan to`lib qolganligi sababli sel suvlarini aholi yashash xonadonlarigacha kirishi kuzatilgan.

Ushbu vaziyat natijasida fuqarolarga hech qanday tan jarohatlari etmagan, deyiladi xabarda. 

 

    Boshqa yangiliklar