AsosiyJamiyat

Andijonda 2 nafar voyaga etmagan qizni uyida saqlab, qo`shmachilik bilan shug`ullanib kelayotgan ayol qo`lga olindi

'Andijonda 2 nafar voyaga etmagan qizni uyida saqlab, qo`shmachilik bilan shug`ullanib kelayotgan ayol qo`lga olindi'ning rasmi

Andijon viloyati IIB Odam savdosi va noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi. Andijon viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi. 

O`tkazilgan tezkor tadbirda Xo`jaobod tumanida yashovchi 1988 yilda tug`ilgan ayol A.X yashash xonadonida 2 nafar voyaga etmagan qizlar A.S va O`.S.larni shahvoniy maqsadlarda foydalanish maqsadida saqlab, 500.000 so`m pullar evaziga xolis mijoz bilan jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib bergan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan qo`lga olindi.

Fuqaro A.X.dan kimyoviy ishlov berilgan 500.000 so`m pullar daliliy ashyo tariqasida xolislar ishtirokida olindi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadarli tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar