Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida 27 aprel kuni 5 nafar bola o`g`irlangani haqida xabar tarqaldi.
Poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmatining ma`lum qilishicha, tarqalgan xabarlar yolg`on bo`lib, shaharda bola o`g`irligi qayd etilmagan.
Shuningdek, IIBB aholidan yolg`on xabar tarqatganlik uchun javobgarlik borligini eslatib, har qanday ma`lumotni tarqatishdan oldin rasmiy tashkilotlardan aniqlashtirishni tavsiya etgan.
Hozirda bu kabi yolg`on xabarlarni tarqatayotgan shaxslar bo`yicha tekshiruv o`tkazilmoqda.