1

Gavhar Matyoqubovaga «O`zbekiston Xoreografiya Akademiyasining faxriy professori» unvoni topshirildi.

Madaniyat 28.04.2022, 15:33
Gavhar Matyoqubovaga «O`zbekiston Xoreografiya Akademiyasining faxriy professori» unvoni topshirildi.

Kecha, 27 aprel kuni «Xorazm lazgi raqsi: Milliy raqslarning rivojlanishi va ularning hozirgi davrdagi ahamiyati» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo`lib o`tdi.

Konferensiyada «Lazgi» xalqaro festivali doirasida bo`lib o`tayotgan ushbu ilmiy konferensiyada Xorazm lazgisining eng fidoyi targ`ibotchilaridan biri – Gavhar Matyoqubovaga «O`zbekiston Xoreografiya Akademiyasining faxriy professori» unvoni berildi. Bu haqda Darakchi.uz jurnalisti Karim Zaripov xabar berdi.

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning qayd etishicha, «Xorazm lazgi raqsi»ni YuNESKOning Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro`yxatiga kiritilishida Gavhar Matyoqubovaning ham xizmatlari bor.

«Aslida, Gavhar Matyoqubovaning raqqosalar faoliyatiga jiddiy to`siqlar, salbiy qarashlar mavjud bo`lgan bir davrda «Lazgi»ning, shu orqali o`zbek raqsining asl mohiyatini saqlab qolinishiga qo`shgan hissasini chinakam qahramonlik, deb baholasak aslo mubolag`a bo`lmaydi.

Zero, har bir sohada shijoat bilan mehnat qilgan va bugun safimizda bo`lgan Gavhar Matyoqubova singari jasoratli ayollarimizning barchasi bu kabi yuksak e`tiroflarga munosibdir», dedi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1