Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda talaba o`z joniga qas qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Hodisa O`zbekiston davlat jahon tillari universitetida sodir bo`lgani aytildi. Ayni paytda mazkur OTM holat yuzasidan rasmiy ma`lumot berdi.
Ma`lum qilinishicha, bugun, 29 aprel kuni taxminan soat tonggi 8:10 lar atrofida O`zbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba o`z joniga qasd qilish holati kuzatilgan.
"Ushbu holat bo`yicha huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan tergovga qadar tekshiruv hakaratlari olib borilmoqda", - deyiladi qisqa rasmiy xabarda.






